Viza

Koreya talabalik viza turlari: D-2-1, D-2-2, D-2-3, D-4-1 — to'liq qo'llanma

Ray Consulting26-iyun 202645 marta ko'rildi
Koreya talabalik viza turlari: D-2-1, D-2-2, D-2-3, D-4-1 — to'liq qo'llanma

Janubiy Koreyada o'qish uchun maqsadingizga mos talabalik vizasi kerak bo'ladi. Talabalik vizalari ikki katta toifaga bo'linadi: D-2 — rasmiy oliy ta'lim (kollej, bakalavr, magistratura) va D-4 — til o'rganish kursi. Quyida har bir viza turi, kimlar uchun mo'ljallangani, kerakli hujjatlar va ularni olishning ikki usuli batafsil keltirilgan.

Vizani olishning ikki usuli

Deyarli har bir talabalik vizasini ikki xil usulda rasmiylashtirish mumkin. Farqini bilib olish muhim:

1-usul · Odatiy (elchixona)
  • ✓O'zbekistondagi Koreya rasmiy elchixonasi orqali olinadi
  • ✓Hujjatlar elchixona talabi asosida tayyorlanib, belgilangan tartibda topshiriladi
  • ✓Ko'pincha moliyaviy hujjatlar (KDB bank, ota-ona daromadi/mulki) talab qilinadi
  • ✓O'zbekistondagi konsalting agentliklari bilan hamkorlikda ishlash mumkin
2-usul · Koreyada (immigratsiya ofisi)
  • ✓Koreyaning so'nggi yillardagi qarorlariga muvofiq Koreyadagi immigratsiya ofislari orqali olinadi
  • ✓Tartib immigratsiya ofisining talab va usulidan kelib chiqib belgilanadi
  • ✓Odatda moliyaviy hujjatlar (KDB, ota-ona daromadi) talab etilmaydi

Talabalik vizalari — qisqacha taqqoslash

VizaKimlar uchunOdatiy usul (asosiy talab)Muqobil usul nomi
D-2-1Kollej / kasbiy ta’lim (2 yil)Elchixona talabiga ko'ra hujjatlarRegional (kvanyok) viza
D-2-2BakalavrElchixona talabiga ko'ra hujjatlarRegional (kvanyok) viza
D-2-3MagistraturaKDB 1 oylik depozit + ota-ona moliyaviy hujjatlariE-Visa
D-4-1Til kursi (patkurs)KDB 3 oylik depozit + moliyaviy hujjatlar + TOPIK 1 (110)TELEX viza

Muqobil usul (immigratsiya ofisi) orqali, qoidaga ko'ra, moliyaviy hujjatlar talab etilmaydi. Viza odatda 3 oylik (bir martalik kirish) muddatga beriladi va shu muddat ichida Koreyaga kelib talabalik ID kartasi (ARC, «oyloq») rasmiylashtiriladi.

1. D-2-1 — Kollej (diplom) vizasi

2 yillik kollejlarda kasbiy ta'lim (diplom) dasturida o'qishni istagan abituriyentlar uchun. Viza 3 oy muddatga beriladi va shu muddat ichida talabalik ID kartasini (ARC) olish shart.

Kimlar uchun
Kollej / kasbiy ta'lim
Muddat
≈3 oy (kirish)
Keyingi qadam
Talabalik ID (ARC)
1-usul · Odatiy (elchixona)
Qanday ishlaydi
  • ✓O'zbekistondagi Koreya elchixonasi orqali rasmiylashtiriladi
  • ✓Hujjatlar elchixona talabi asosida tayyorlanadi va topshiriladi
  • ✓O'zbekistondagi konsalting agentliklari bilan hamkorlikda ishlash mumkin
2-usul · Koreyada (immigratsiya ofisi) · regional / kvanyok viza
2024-yilgi qaror asosida
  • ✓Kasb-hunar ta'limi talabalari immigratsiya ofislari orqali ham viza olishlari mumkin
  • ✓Hujjat topshirish tartibi immigratsiya ofisi talabiga ko'ra belgilanadi
Qulayliklari
  • ✓1 oylik KDB bank ma'lumotnomasi talab etilmaydi
  • ✓Ota-ona daromadi yoki ko'chmas mulki hujjatlari talab etilmaydi
!E'tiborli bo'ling: universitet yoki kollej o'z talablari asosida yuqorida sanab o'tilgan moliyaviy hujjatlarni baribir so'rashi mumkin.

2. D-2-2 — Bakalavr vizasi

Janubiy Koreyada bakalavr (Bachelor) dasturida o'qishni istagan abituriyentlar uchun. Viza 3 oy muddatga beriladi va shu muddat ichida talabalik ID kartasi (ARC) olinadi.

Kimlar uchun
Bakalavr
Muddat
≈3 oy (kirish)
Keyingi qadam
Talabalik ID (ARC)
1-usul · Odatiy (elchixona)
Qanday ishlaydi
  • ✓O'zbekistondagi Koreya elchixonasi orqali rasmiylashtiriladi
  • ✓Hujjatlar elchixona talabi asosida tayyorlanadi va topshiriladi
  • ✓O'zbekistondagi konsalting agentliklari bilan hamkorlikda ishlash mumkin
2-usul · Koreyada (immigratsiya ofisi) · regional / kvanyok viza
2024-yilgi qaror asosida
  • ✓Bakalavr talabalari immigratsiya ofislari orqali ham viza olishlari mumkin
  • ✓Hujjat topshirish tartibi immigratsiya ofisi talabiga ko'ra belgilanadi
Qulayliklari
  • ✓1 oylik KDB bank ma'lumotnomasi talab etilmaydi
  • ✓Ota-ona daromadi yoki ko'chmas mulki hujjatlari talab etilmaydi
!E'tiborli bo'ling: universitet yoki kollej o'z talablari asosida yuqorida sanab o'tilgan moliyaviy hujjatlarni baribir so'rashi mumkin.

3. D-2-3 — Magistratura vizasi

Bakalavr dasturini tamomlagan va Janubiy Koreyada magistraturada o'qishni istagan talabalar uchun.

Kimlar uchun
Magistratura
Muddat
≈3 oy (kirish)
Keyingi qadam
Talabalik ID (ARC)
1-usul · Odatiy (elchixona)
Qanday ishlaydi
  • ✓Koreya elchixonasi orqali rasmiylashtiriladi
  • ✓Hujjatlar elchixona talabi asosida tayyorlanadi
  • ✓Konsalting agentliklari bilan hamkorlikda ishlash mumkin
Asosiy hujjatlar
  • ✓Janubiy Koreyaning KDB (Korea Development Bank) bankida 1 oy davomida depozit
  • ✓Ota-ona rasmiy daromadi yoki ular nomidagi ko'chmas mulk / avtotransport
  • ✓Rasmiy tadbirkorlik guvohnomasi va bank aylanmalari
2-usul · Koreyada (immigratsiya ofisi) · E-Visa
2023-yilgi qaror asosida
  • ✓Magistratura talabalari immigratsiya ofislari orqali ham viza olishlari mumkin
  • ✓Hujjat topshirish tartibi immigratsiya ofisi talabiga ko'ra belgilanadi
Qulayliklari
  • ✓1 oylik KDB bank ma'lumotnomasi talab etilmaydi
  • ✓Ota-ona daromadi yoki ko'chmas mulki hujjatlari talab etilmaydi
!E'tiborli bo'ling: universitet yoki kollej o'z talablari asosida yuqorida sanab o'tilgan moliyaviy hujjatlarni baribir so'rashi mumkin.

4. D-4-1 — Til kursi vizasi (patkurs)

Janubiy Koreya hukumati tomonidan til o'rganish kursiga borishni istagan abituriyentlar uchun. Xalq tilida patkurs vizasi deb ham ataladi.

Kimlar uchun
Til kursi
Muddat
≈3 oy (kirish)
Keyingi qadam
Talabalik ID (ARC)
1-usul · Odatiy (elchixona)
Qanday ishlaydi
  • ✓Koreya elchixonasi orqali rasmiylashtiriladi
  • ✓Hujjatlar elchixona talabi asosida tayyorlanadi
  • ✓Konsalting agentliklari bilan hamkorlikda ishlash mumkin
Asosiy hujjatlar
  • ✓KDB bankida 3 oy davomida depozit
  • ✓Ota-ona rasmiy daromadi yoki ko'chmas mulk / avtotransport
  • ✓Rasmiy tadbirkorlik guvohnomasi va bank aylanmalari
  • ✓TOPIK 1 (110 ball) — koreys tili bilish sertifikati
2-usul · Koreyada (immigratsiya ofisi) · TELEX viza
Immigratsiya ofisi orqali
  • ✓Til kursi talabalari immigratsiya ofislari orqali ham viza olishlari mumkin
  • ✓Hujjat topshirish tartibi immigratsiya ofisi talabiga ko'ra belgilanadi
Qulayliklari
  • ✓Til bilish sertifikatisiz (TOPIKsiz) ham viza olish mumkin
!E'tiborli bo'ling: universitet yoki kollej o'z talablari asosida yuqorida sanab o'tilgan moliyaviy hujjatlarni baribir so'rashi mumkin.

Talabalik ID kartasi (ARC) qanday olinadi?

Vizangiz tasdiqlangach, belgilangan muddat ichida Koreyaga kelib talabalik ID kartasi (Alien Registration Card, ARC) uchun ro'yxatdan o'tishingiz shart. Bu jarayonni biz YouTube kanalimizda bosqichma-bosqich ko'rsatganmiz.

Talabalik ID (ARC) ro‘yxatdan o‘tish — video qo‘llanma
YouTube kanalimizda batafsil ko‘rib oling
YouTube’da ko‘rish

Ray Consulting yordami

Qaysi viza turi sizga mos kelishi, qaysi usul (elchixona yoki immigratsiya ofisi) qulayroq bo'lishi va hujjatlarni to'g'ri tayyorlash — bularning barchasida Ray Consulting mutaxassislari yordam beradi. Viza olish yoki o'qishga topshirish bo'yicha amaliy yordam kerak bo'lsa, biz bilan bog'laning.

O'xshash maqolalar

Koreya viza yig'imi (narxi): turlar va davlatlar bo'yicha — O'zbekiston uchun
Viza

Koreya viza yig'imi (narxi): turlar va davlatlar bo'yicha — O'zbekiston uchun

Koreya vizasi yig'imi (USD) — viza turi bo'yicha asosiy narxlar, O'zbekiston va boshqa davlatlar uchun moslashtirilgan yig'imlar, elektron to'lov va to'lov usullari.

Viza berish tasdiqnomasi (Confirmation of Visa Issuance) nima?
Viza

Viza berish tasdiqnomasi (Confirmation of Visa Issuance) nima?

Viza berish tasdiqnomasi nima — homiy yoki turagentlik Viza Portali orqali topshiradi. Qaysi viza turlari uchun, kerakli hujjatlar va 5 bosqichli jarayon.

Koreya vizasiga ariza topshirishning 4 yo'li: bosqichma-bosqich qo'llanma
Viza

Koreya vizasiga ariza topshirishning 4 yo'li: bosqichma-bosqich qo'llanma

Koreyaga viza olish — Viza Portali (e-Visa), viza berish tasdiqnomasi, elchixona va immigratsiya boshqarmasi orqali ariza. Viza turlari, kerakli hujjatlar va har bir bosqich.

Koreyada o'qish orzuingizni amalga oshiring

Bepul konsultatsiyaga yozing — mutaxassislarimiz ish vaqtida 30 daqiqa ichida javob beradi