Koreyada magistratura: qabul, grantlar va E-Viza
Koreyada ilmiy va kasbiy magistratura dasturlari
- Professor bilan bog'lanish
- Stipendiya imkoniyatlari
- 4-8 oyda qabul jarayoni

2500+
muvaffaqiyatli talaba
Bu xizmat kim uchun?
- Bakalavr diplomiga ega bo'lgan mutaxassislar
- Koreyada ilmiy tadqiqot olib bormoqchi bo'lganlar
- Koreya kompaniyalarida ishlashni rejalashtirganlar
Kimga mos keladi
Magistratura — bakalavr diplomiga ega bo'lgan va Koreyada ilmiy yoki kasbiy yo'nalishda o'qishni davom ettirmoqchi bo'lganlar uchun. Ingliz tilidagi dasturlar ko'p, shuning uchun koreys tilini bilmasdan ham topshirish mumkin — bu bakalavriatdan asosiy farqi. Dastur odatda 2 yil (4 semestr) davom etadi va tadqiqot (thesis) yoki kasbiy (MBA, muhandislik, dizayn) yo'nalishda bo'lishi mumkin; keyin doktoranturaga yo'l ochiq.
Qabul talablari
- Bakalavr diplomi va baholar ilovasi (apostil bilan);
- Til: ingliz tilidagi dasturlarga IELTS/TOEFL, koreys tilidagi dasturlarga TOPIK (odatda 3–4 daraja). Ba'zi universitetlar ikkalasidan birini qabul qiladi;
- Study Plan yoki Research Proposal — nimani va nega tadqiq qilmoqchi ekaningiz;
- CV va 1–2 ta tavsiya xati (o'qituvchi yoki ish beruvchidan);
- Ilmiy yo'nalishlarda — professorning oldindan roziligi. Professor bilan bog'lanish va research letter yozishda yordam beramiz;
- Moliyaviy kafolat va bank ma'lumotnomasi.
Qabul mavsumlari va muddat
Bahorgi (mart) va kuzgi (sentabr) qabul. Professor bilan yozishma va tavsiya xatlari vaqt olgani uchun tayyorgarlikni o'qish boshlanishidan 6–8 oy oldin boshlash tavsiya etiladi. Qabul xatidan keyin D-2 viza bosqichi — ko'p universitetlar magistrantlarni E-Viza orqali rasmiylashtiradi, ya'ni elchixonaga borish shart bo'lmaydi (qarang: talaba vizasi).
Narx va grantlar
Magistratura kontrakti semestr bo'yicha to'lanadi va universitet, yo'nalish hamda laboratoriya yukiga qarab farq qiladi. Aniq raqamlar universitetlar katalogida, umumiy hisob-kitob esa Koreyada o'qish narxi va grantlar maqolasida.
- Professor granti (RA/TA) — ilmiy yo'nalishlarda eng keng tarqalgan: laboratoriya ishida ishtirok evaziga kontrakt qisman yoki to'liq qoplanadi va oylik stipendiya beriladi;
- Universitet chegirmalari — til darajasi va GPA bo'yicha;
- BK21 — hukumatning magistratura va doktorantura uchun dasturi: unga kirgan kafedralar qo'shimcha stipendiya beradi;
- GKS — to'liq hukumat granti, alohida tanlov bilan.
Biz bilan jarayon
Avval profilingizni tahlil qilamiz (diplom, baholar, til, tajriba), keyin mos dasturlar va professorlarni tanlaymiz, Research Proposal va hujjatlarni birga tayyorlaymiz, arizani topshiramiz va viza bosqichini olib boramiz. To'lov — qabuldan keyin. Bepul konsultatsiyaga yoziling.
Jarayon
- 1
Profil tahlili
Tajriba va maqsadlaringizga mos dasturlarni aniqlaymiz
- 2
Professor bilan bog'lanish
Research letter va professor bilan aloqa o'rnatish
- 3
Hujjatlar tayyorlash
SOP, CV, tavsiya xatlari tarjimasi
- 4
Ariza topshirish
Universitetga to'liq hujjat to'plami yuboriladi
- 5
Viza va jo'nab ketish
Viza ruxsatnomasi va Koreyadagi turar joyni topishda yordam
Tariflar
Tariflarni solishtiring va o'zingizga mosini tanlang
| Xizmat | E-viza (sertifikat bilan)1500$Til sertifikati bor talabalar uchun | E-viza (sertifikatsiz)2000$Til sertifikati yo'q talabalar uchun | VIP Seoul tarifi6000$1000$ shartnomada · 5000$ viza tasdiqlangach |
|---|---|---|---|
| Universitet uchun | |||
| Universitet uchun application (ariza) yozish | |||
| Universitet uchun diplom apostili | |||
| Universitet uchun hujjatlar tarjimasi (notarial tasdiq bilan) | |||
| Hujjatlarni express posta orqali yuborish | |||
| Hujjatlarni legalizatsiya qilish | |||
| Universitet suhbat o'tkazsa — suhbatga tayyorlov (bepul) | |||
| Universitetdan invoice (qabul va kontrakt to'lovi hujjati) yoki grant sertifikatini olib berish | |||
| Universitetdan elchixonaga topshirish uchun admission va elchixona so'ragan qo'shimcha hujjatlarni olib berish | |||
| Elchixona uchun | |||
| Elchixona uchun diplom yoki attestat apostili (yangi nusxada) | |||
| Elchixona uchun hujjatlar tarjimasi (notarial) | |||
| Elchixona uchun legalizatsiya qilish | |||
| Elchixona so'ragan va uning standartiga mos qo'shimcha hujjatlar | |||
| Ota-ona yillik daromadi bo'yicha qo'shimcha hujjatlarni tayyorlashda amaliy yordam | |||
| Viza olishda amaliy yordam ko'rsatish | |||
| Elchixonaga hujjatlarni to'liq tartibda yig'ish va topshirib berish | |||
| Viza olingan taqdirda kuzatib qo'yish va kutib olish | |||
| Yotoqxona olmagan talabalarga kvartira topib berish va joylashtirish | |||
| Aeroportdan kutib olish, bank kartasi va sim kartani olib berish | |||
| 1 oy davomida texnik yordam va marshrutlarni o'rgatish | |||
| Qo'shimcha xizmatlar | |||
| Universitet uchun application fee (to'lovi) | |||
| Universitet uchun bank ma'lumotnomasi (1 kunlik) | |||
| Viza uchun mol-mulk hujjatlarini tayyorlashda yordam | |||
| Koreyada ID kartaga registratsiya (bepul) | |||
| Koreyada sug'urtaga registratsiya | |||
| Viza jarayonini to'liq kuzatib borish | |||
| Viza uchun 1 oylik KDB bank ma'lumotnomasi | |||
| 6 oylik o'qish kontraktini rasmiylashtirish | |||
| Viza to'lovini kompaniya qoplaydi | |||
| Koreyaga bir martalik aviachipta | |||
| Koreyada joylashishga yordam berish | |||
- VIP Seoul tarifi to'lovi ikki bosqichda: 1000$ shartnoma tuzilganda, qolgan 5000$ viza tasdiqlangandan keyin.
Ko'p so'raladigan savollar
Ariza qoldiring
Mutaxassisimiz siz bilan bog'lanadi va barcha savollaringizga javob beradi.



