Koreyada bakalavriat

Koreyada bakalavriat: qabul, kontrakt va grantlar

Koreya universitetlariga bakalavriat bo'yicha qabul

  • TOPIK va til bo'yicha yordam
  • Stipendiya imkoniyatlari
  • 3-6 oyda qabul jarayoni
Koreyada bakalavriat: qabul, kontrakt va grantlar

2500+

muvaffaqiyatli talaba

Bu xizmat kim uchun?

  • O'rta maktabni bitirgach Koreyada o'qishni xohlovchilar
  • TOPIK imtihonini topshirgan yoki topshirmoqchi bo'lganlar
  • Koreya stipendiyasiga ariza topshirmoqchi bo'lganlar

Kimga mos keladi

Bakalavriat — o'rta maktab yoki kollejni tugatgan va Koreya universitetida to'liq oliy ta'lim olmoqchi bo'lganlar uchun. Koreys tilini bilmaydiganlar ham boshlashi mumkin: avval universitet til markazida o'qib, keyin bakalavriatga o'tish — eng keng tarqalgan yo'l (qarang: til kursi).

Qabul talablari

  • O'rta ma'lumot to'g'risidagi hujjat (attestat yoki kollej diplomi) — apostil bilan;
  • Til: koreys tilidagi dasturlar uchun odatda TOPIK 3 va undan yuqori (ba'zi universitetlar TOPIK 2 bilan qabul qilib, til talabini 1-kursda bajarishni so'raydi); ingliz tilidagi dasturlar uchun IELTS/TOEFL;
  • Ariza, o'quv rejasi (Study Plan) va o'zi haqida insho;
  • Moliyaviy kafolat — bank ma'lumotnomasi va homiy xati;
  • Ayrim yo'nalishlarda (san'at, dizayn, musiqa) — portfolio yoki suhbat.

Qabul mavsumlari va muddat

Koreya universitetlari yiliga ikki marta qabul qiladi: bahorgi semestr (mart) va kuzgi semestr (sentabr). Hujjatlar o'qish boshlanishidan bir necha oy oldin topshiriladi, shuning uchun tayyorgarlikni kamida yarim yil oldin boshlash kerak. Hujjat tayyorlashdan qabul xatigacha o'rtacha 3–6 oy, keyin viza bosqichi (qarang: talaba vizasi).

Narx va grantlar

Kontrakt summasi universitetga, yo'nalishga va shaharga qarab farq qiladi: Seul universitetlari viloyatdagidan, texnika va tibbiyot yo'nalishlari gumanitar yo'nalishlardan qimmatroq. Har bir universitetning joriy kontrakt narxi, chegirma jadvali va bank talabi universitetlar katalogida keltirilgan. Umumiy manzara va byudjet hisob-kitobi: Koreyada o'qish narxi va grantlar.

Grant va chegirmalarning asosiy turlari:

  • Universitet chegirmalari — ko'pincha TOPIK darajasiga bog'liq: daraja qanchalik yuqori bo'lsa, kontrakt chegirmasi shuncha katta. Keyingi semestrlarda o'zlashtirish (GPA) bo'yicha saqlanadi yoki oshadi;
  • GKS (Global Korea Scholarship) — Koreya hukumatining to'liq granti: o'qish, yashash va parvoz. Raqobat yuqori, hujjatlar bir yil oldin topshiriladi;
  • Yotoqxona va til markazi chegirmalari — ayrim universitetlar birinchi semestrda beradi.

Biz bilan jarayon

Konsultatsiyada maqsad, byudjet va til darajangizga qarab 2–3 ta universitet tanlanadi; hujjatlarni tayyorlash, tarjima va onlayn ariza topshirishni birga o'tamiz, qabul xatidan keyin viza bosqichini olib boramiz. To'lov — universitet qabul qilganidan keyin. Bepul konsultatsiya uchun ariza qoldiring.

Qanday topshiramiz?

Bepul konsultatsiyadan Koreyaga jo'nashgacha — 8 bosqichli aniq jarayon

1

Bepul konsultatsiya

Talabaning maqsadi va imkoniyatlari tahlil qilinadi.

2

Universitet tanlash

Eng mos universitet va ta'lim dasturi tavsiya etiladi.

3

Hujjatlarni tayyorlash

Barcha zarur hujjatlar xalqaro standartlar asosida tayyorlanadi.

4

Universitetga topshirish

Ariza va hujjatlar universitetga yuboriladi.

5

Qabul xati

Talaba universitetdan rasmiy qabul xatini oladi.

6

Viza jarayoni

Viza uchun hujjatlar tayyorlanib, topshiriladi.

7

Xorijga jo'nash

Talabaga safar oldidan barcha zarur ko'rsatmalar beriladi.

8

Qo'llab-quvvatlash

Talaba xorijga yetib borgandan keyin ham maslahat va yordam davom ettiriladi.

🇰🇷
Koreya!

Kerakli hujjatlar ro'yxati

Bakalavr va kasbiy ta'lim uchun tayyorlanadigan hujjatlar

  1. 1Biometrik pasport yoki ID karta
  2. 2Zagran (chet el) pasporti
  3. 3Tug'ilganlik haqida guvohnoma (metrika)
  4. 4Ota-ona nikoh guvohnomasi
  5. 5Ota pasporti
  6. 6Ona pasporti
  7. 7TOPIK / SKA / Sejong Haktan / IELTS / TOEFL sertifikati
  8. 8Ota-ona ish haqi ma'lumotnomasi (yoki ko'chmas mulk hujjatlari)
  9. 9Diplom yoki attestat (11-sinf shahodatnomasi)
  10. 103×4 oq fonda rasm (6 dona)

Tariflar

Tariflarni solishtiring va o'zingizga mosini tanlang

Xizmat
Standart tarif1200$
Seoul tarif1500$
VIP Seoul tarifi6000$1000$ shartnomada · 5000$ viza tasdiqlangach
Universitet uchun ariza (application) yozish
Universitet uchun diplom apostili
Universitet uchun hujjatlar tarjimasi (notarial)
Hujjatlarni express posta orqali yuborish
Hujjatlarni legalizatsiya qilish
Universitet suhbatiga tayyorlov (bepul)
Universitetdan invoice yoki grant sertifikatini olib berish
Elchixonaga admission va qo'shimcha hujjatlarni olib berish
Viza uchun to'liq hujjatlar notarial tarjimasi
Viza uchun admission (taklifnoma) olib berish
Viza uchun mol-mulk hujjatlarini tayyorlashda yordam
Viza olingach kuzatib qo'yish va kutib olish
Koreyada bank kartasi
Koreyada SIM karta (3 oy VIP)
Koreyada ID kartaga registratsiya (bepul)
Koreyada sug'urtaga registratsiya
Universitet uchun application fee (to'lovi)
Universitet uchun bank ma'lumotnomasi (1 kunlik)
Universitet uchun ota-ona yillik daromadi hujjati (univer so'rasa)
Viza uchun ota-ona bank ma'lumotnomasi (1 kunlik)
Viza jarayonini to'liq kuzatib borish
Viza uchun 1 oylik KDB bank ma'lumotnomasi
6 oylik o'qish kontraktini rasmiylashtirish
Viza to'lovini kompaniya qoplaydi
Koreyaga bir martalik aviachipta
Koreyada joylashishga yordam berish
  • VIP Seoul tarifi to'lovi ikki bosqichda: 1000$ shartnoma tuzilganda, qolgan 5000$ viza tasdiqlangandan keyin.

Ko'p so'raladigan savollar

Ariza qoldiring

Mutaxassisimiz siz bilan bog'lanadi va barcha savollaringizga javob beradi.