
Seoul University of Buddhism
Seul markazidagi koreys tili kursi. Til sertifikati talab qilinmaydi.
O'quv to'lovi
5 500$ / yil (6 oylik yotoqxona, sug’urta va o’quv qurollari bilan)
Universitet haqida
Seoul University of Buddhism (Seoul Bulkyo University) — Seul shahri markazida joylashgan universitet. 2019-yildan boshlab o'zbek talabalarini qabul qila boshlagan va birinchi talabalari aynan Ray Consulting o'quvchilari bo'lgan.
Universitet faqat koreys tilini o'rgatadi — bakalavr yoki magistratura yo'nalishlariga qabul qilmaydi. Nomiga qaramay, o'quv jarayonida hech qanday diniy targ'ibot yo'q: dastur butunlay til o'rganishga qaratilgan.
Hozirgi kunga qadar 150 dan ortiq talabamiz shu universitetning til kursida ta'lim olgan.
Til talablari
- Til kursi
- Sertifikat talab qilinmaydi
Yo'nalishlar
- Koreys tili kursi
Nima uchun aynan shu universitet
- Til sertifikati talab qilinmaydi
- Seul markazida joylashgan
- Narxga yotoqxona, sug’urta va o’quv qurollari kiradi
- 150 dan ortiq talabamiz shu yerda ta’lim olgan
O'xshash universitetlar
Ushbu universitetga hujjat topshirmoqchimisiz?
Ma'lumotlaringizni qoldiring — mutaxassisimiz bog'lanib, qabul shartlarini batafsil tushuntiradi.






