Koreyada til kursi: universitet til markazi va D-4-1 viza
Universitet til markazlarida D-4-1 vizasi bilan koreys tilini o'rganish
- D-4-1 talaba vizasi
- TOPIK'ga tayyorgarlik
- 6 oy – 2 yil muddat

2500+
muvaffaqiyatli talaba
Bu xizmat kim uchun?
- Koreys tilini o'rganib, TOPIK darajasini oshirmoqchi bo'lganlar
- Kelajakda Koreyada oliy ta'lim olishni rejalashtirganlar
- Xalqaro darajadagi til sertifikatini (TOPIK) maqsad qilganlar
- 17 yoshdan oshgan maktab, kollej yoki universitet bitiruvchilari
Kimga mos keladi
Universitet til markazi (어학당) — Koreyada o'qishni koreys tilini bilmasdan boshlamoqchi bo'lganlar uchun eng to'g'ri yo'l. Markazlar universitet qoshida ishlaydi, darslar darajalar bo'yicha (1-dan 6-gacha) olib boriladi va har bir daraja odatda bir semestr — taxminan 10 hafta davom etadi. Ko'pchilik talabalar til kursidan keyin shu universitetning bakalavriatiga yoki magistraturasiga o'tadi.
Qabul talablari
- Kamida o'rta ma'lumot (attestat) — kollej yoki universitet diplomi ham bo'ladi;
- Koreys tilini bilish talab qilinmaydi — daraja kelgandan keyin test bilan aniqlanadi;
- Study Plan — nima uchun koreys tili va keyingi rejangiz;
- Moliyaviy kafolat — bank ma'lumotnomasi (miqdori universitet talabi bo'yicha) va homiy xati;
- Yosh chegarasi va boshqa shartlar universitetga qarab farq qiladi — ko'pchilik markazlar 17–18 yoshdan qabul qiladi, yuqori yosh chegarasi odatda yo'q.
Qabul mavsumlari
Til markazlari yiliga to'rt marta qabul qiladi — bahor, yoz, kuz va qish semestrlari. Bu universitetga qaraganda ancha qulay: boshlash sanasini o'zingiz tanlaysiz. Hujjatlarni semestr boshlanishidan 3–4 oy oldin topshirish kerak, chunki qabul xatidan keyin D-4-1 viza bosqichi bor.
D-4-1 viza
Til kursi uchun D-4-1 vizasi beriladi. U odatda qabul qilingan muddatga (6 oydan 2 yilgacha) rasmiylashtiriladi. Universitetga qarab viza elchixona orqali, viza tasdiqnomasi (Telex) bilan yoki E-Visa shaklida olinadi. Til kursini tugatib universitetga kirilganda viza Koreya ichida D-2 ga almashtiriladi — O'zbekistonga qaytish shart emas.
Narx va chegirmalar
Til kursi to'lovi semestr bo'yicha hisoblanadi; Seul markazlari viloyatdagidan qimmatroq. Har bir universitet til markazining narxi va yotoqxona shartlari universitetlar katalogida bor, umumiy hisob-kitob esa Koreyada o'qish narxi va grantlar maqolasida. Ba'zi universitetlar bir yilga oldindan to'laganda yoki til kursidan bakalavriatga o'tganda chegirma beradi; TOPIK darajangiz oshgani sari keyingi bosqich uchun grant imkoniyati ham kengayadi.
Biz bilan jarayon
Maqsad va byudjetga qarab til markazi tanlanadi (keyin qaysi universitetga o'tmoqchi ekaningiz ham hisobga olinadi), hujjatlar tayyorlanadi, qabul xati olinadi va D-4-1 viza rasmiylashtiriladi; kelgandan keyin yotoqxona va moslashish bo'yicha yordam beramiz. Bepul konsultatsiya uchun ariza qoldiring.
Jarayon
- 1
Bepul konsultatsiya
Maqsad va darajangizga qarab universitet til markazi tanlanadi
- 2
Hujjatlar topshirish
Universitetga hujjatlar topshiriladi va qabul xati (Admission Letter) olinadi
- 3
Viza hujjatlari
D-4-1 viza hujjatlari tayyorlanadi — oddiy (elchixona) yoki Telex viza yo'li bilan
- 4
Elchixonaga topshirish
Hujjatlar Koreya elchixonasiga topshiriladi va jarayon kuzatib boriladi
- 5
Jo'nab ketish
Viza tasdiqlangach yotoqxona, aviabilet va safar bo'yicha yordam beramiz
Tariflar
Tariflarni solishtiring va o'zingizga mosini tanlang
| Xizmat | Oddiy tarif1500$ | Telex tarif2000$Telex viza uchun | No risk tarif10 000$Barcha til kursi dasturlari uchun |
|---|---|---|---|
| Universitet uchun | |||
| Universitet uchun application (ariza) yozish | |||
| Universitet uchun diplom apostili | |||
| Universitet uchun hujjatlar tarjimasi (notarial tasdiq bilan) | |||
| Hujjatlarni express posta orqali yuborish | |||
| Hujjatlarni legalizatsiya qilish | |||
| Universitet suhbat o'tkazsa — suhbatga tayyorlov (bepul) | |||
| Universitetdan invoice (qabul va kontrakt to'lovi hujjati) yoki grant sertifikatini olib berish | |||
| Universitetdan elchixonaga topshirish uchun admission va elchixona so'ragan qo'shimcha hujjatlarni olib berish | |||
| Universitet kontrakti (3400$ dan yuqori chiqadi) | |||
| Elchixona uchun | |||
| Elchixona uchun diplom yoki attestat apostili (yangi nusxada) | |||
| Elchixona uchun hujjatlar tarjimasi (notarial) | |||
| Elchixona uchun legalizatsiya qilish | |||
| Elchixona so'ragan va uning standartiga mos qo'shimcha hujjatlar | |||
| Ota-ona yillik daromadi bo'yicha qo'shimcha hujjatlarni tayyorlashda amaliy yordam | |||
| Elchixona va immigratsiya uchun viza to'lovi | |||
| Viza olishda amaliy yordam ko'rsatish | |||
| Elchixonaga hujjatlarni to'liq tartibda yig'ish va topshirib berish | |||
| Viza olingan taqdirda kuzatib qo'yish va kutib olish | |||
| Yotoqxona olmagan talabalarga kvartira topib berish va joylashtirish | |||
| Aeroportdan kutib olish, bank kartasi va sim kartani olib berish | |||
| 1 oy davomida texnik yordam va marshrutlarni o'rgatish | |||
| Viza uchun 3 oylik KDB bank ma'lumotnomasi | |||
| Viza uchun ota-ona yillik daromadi hujjati | |||
- «No risk» tarifida viza rad etilgan holda 500$ kompensatsiya ushlab qolinadi va qolgan barcha to'lovlar qaytariladi.
Ko'p so'raladigan savollar
Ariza qoldiring
Mutaxassisimiz siz bilan bog'lanadi va barcha savollaringizga javob beradi.



